
“Nasaf” Iordaniyaga etib bordi. Bugun matbuot anjumani o‘tkaziladi
“Nasaf” jamoasi OChL 1-tur “Al-Faisaliy”ga qarshi maydonga tushish uchun Iordaniya poytaxti Ammanga etib keldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Bugun uchrashuv oldi rasmiy tadbirlar bo‘lib o‘tadi:
- Toshkent vaqti bilan 15:00 da har ikkala jamoa vakillari hamda uchrashuv rasmiylari ishtirokida miting;
- Soat 16:00 da Ro‘ziqul Berdiev va jamoa himoyachisi Sherzod Nasrullaev ishtirokida o‘yin oldi matbuot anjumani;
- Soat 20:45 da jamoamiz ertangi bellashuv oldi rasmiy mashg‘ulot o‘tkazadi.
Fikrlar